“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor V. Sadiyev hamda tegishli bo‘lim va fakultet rahbarlari ishtirok etdi.

 

 

Suhbat chog‘ida talaba qizlar o‘rtasida chim ustida xokkey sport turini ommalashtirish, O‘zDJTUda ushbu yo‘nalishda to‘garaklar tashkil etish, zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar universitetda sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Uchrashuv yakunida federatsiya mutaxassislari talabalarning sport bilan shug‘ullanishi uchun ajratilgan maydoncha bilan tanishdilar.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube