“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Start-up” tashabbusi
4-iyul kuni OʻzDJTU Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi N. Mirzayeva tomonidan yozgi ta’til davrida talabalar uchun “Madaniyatlararo muloqotni multimedia vositalari orqali o‘rgatish” mavzusida startap to‘garagi tashkil etildi.
Loyihadan koʻzlangan maqsad turli madaniyat vakillari o‘rtasida samarali muloqot ko‘nikmalarini multimedia yordamida shakllantirishdan iborat boʻldi.
Multimedia afzalliklari:
-Mustaqil o‘rganish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish;
-YouTube & TED Talks orqali madaniy kontekstda o‘rganish;
-Virtual sayohatlar: Google Arts, AirPano, YouTube 360°;
Innovatsion usullar bilan ta’lim yoshlar kelajagining poydevoridir.