“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yangi loyiha
O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakultetida Endryu Staniland va 2-bosqich kafedrasi o‘qituvchilari hamkorligida iqtidorli talabalar uchun "Reading Club" loyihasi ish boshladi.
Loyihaning asosiy maqsadi 2-bosqich talabalariga ingliz adabiyotini chuqur o‘rgatish, ularda matnlarni tahlil qilish va fikr almashish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Endryu Staniland o‘zining yangi loyihasi – "Allohga g‘azallar" nomli kitobi haqida so‘z yuritdi. U Navoiy g‘azallaridan Allohga murojaat shaklidagi 24 ta g‘azalni tanlab, ularni ingliz tiliga tarjima qilish ustida ishlamoqda.
Mashgʻulot jarayonlarida talabalar matnlarni so‘zma-so‘z tarjima qilish orqali bevosita faol ishtirok etadi, ularning har biriga alohida ustoz biriktiriladi. Har haftalik tahlillar esa Google Docs orqali olib boriladi.
Loyiha davomiyligi – 6 oy
Kutilayotgan natijalar:
• O‘quvchilarning ingliz tilida o‘qish va tarjima qilish malakalarini rivojlantirish
• Fikrlarni erkin ifoda etishga o‘rgatish
• Adabiyotga qiziqishni oshirish.
Bu loyiha talabalarning nafaqat til ko‘nikmalarini, balki ma'naviy tafakkurini ham boyitadi.