Ispaniyaning Jaen Universitetiga ERASMUS+ dasturi boʻyicha maʼruza oʻqish va tajriba almashish uchun oʻqituvchilar va xodimlarni yuborish uchun quyidagi oʻrinlar uchun tanlov eʼlon qilamiz!

Erasmus+ Staff Mobility – 2-o‘rin.

Dastur davomiyligi:   
Staff Mobility – 5 kun

AGAR SIZ QUYIDAGI TALABLARGA TO‘LIQ MUVOFIQ BO‘LSANGIZ, ARIZAINGIZNI KUTAMIZ!

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

O‘zDJTU xodimi bo‘lish; 

Kerakli hujjatlar ro‘yxati:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (nusxasi);

Rezyume (CV, ispan/ingliz tilida); 


Motivatsiya xati (ingliz/fransuz tilida, 1 betdan oshmasligi kerak);

Kurs/stajirovka dasturi (5 kunlik reja, 10-12 soat, ispan/ingliz tili).

Motivatsion xatda:

Nomzod haqida qisqacha ma’lumotlar, tanlangan soha bo‘yicha kasbiy tajribasi, dasturda ishtirok etish maqsadi, dasturdan kutilayotgan natijalar haqida ma’lumotlar yoziladi.

Nega aynan ushbu universitetni tanlash asosingiz.

Ariza topshirishning muddati: 09/03/2024 dan  20/03/2024 yil sanasiga qadar

Tayyorlangan barcha hujjatlar  topshiriladi.

Barcha savollar bo‘yicha: Roman-german filologiyasi fakulteti dekaniga murojaat qiling

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube