Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoni 1-ilovasi 88.2-bandida Yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish belgilangan.
Shunga koʻra 22-apreldan 10-mayga qadar OʻzdJTU da tahsil olayotgan barcha talabalarning jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan oʻtkazish rejalashtirilgan. Buning uchun fakultetlar kesimida grafik-jadval ishlab chiqib, tasdiqlandi va zaruriy sport inventarlarni shay holatga keltirilib, barcha shart-sharoitlarni tashkil etildi.
Qadrli talabalar siz ham sport kiyimlarida mazkur jarayonda faol ishtirok etib, jismoniy tayyorgarligingizni sinovdan oʻtkazing!