“Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi bo‘lib o‘tdi
25-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Navro‘z bayrami munosabati bilan “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tanlov talabalar o‘rtasida musiqiy ijodni rivojlantirish, milliy san’atni keng targ‘ib qilish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Tanlovda talabalar yakkaxon va jamoaviy yo‘nalishlarda ishtirok etib, o‘zlarining ijro mahorati, sahna madaniyati va ijodiy yondashuvlarini namoyish etdilar.
Yakkaxon ijro yo‘nalishi g‘oliblari:
1-o‘rin – Madaminova Nilufar (2-ingliz)
2-o‘rin – To‘ychiboyeva Nilufar (Tarjimonlik)
3-o‘rin – Toshmuxammedov Muxammadmuso (Tarjimonlik)
Jamoaviy yo‘nalish g‘oliblari:
1-o‘rin –
Beknazarov Nurbek (2-ingliz)
Axtamov Diyorbek (ingliz filologiyasi)
Sidiqova Maxliyo (sharq fakulteti)
Rejabboyeva Moxida (roman-german filologiyasi)
Sobirova Nihola (sharq fakulteti)
2-o‘rin –
Marufjonova Fotima (rus filologiyasi)
Marufjonova Zuxra (3-ingliz)
3-o‘rin –
Baqoyeva Nozima (2-ingliz)
Yusupova Sevinch (2-ingliz)
To‘xtamishova Zarina (rus filologiyasi)
E’tirof:
Hakamlar hay’ati va tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan ishtirokchi –
Axtamov Diyorbek (ingliz filologiyasi)
Tanlov yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir bayramona ruhda, yuqori kayfiyat va yorqin chiqishlarga boy tarzda o‘tdi.