28-may kunida “Epson” kompaniyasi tomonidan “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida xorijiy mutaxassislar ishtirokida “EPSONning taʼlimdagi yechimlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarning bosh maqsadi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, milliy taʼlim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy qilish borasidagi amaliyotni kengaytirish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, chop etish, skanerlash, proyeksiya uchun joriy va innovatsion yechimlarni taqdim etish masalalari etib belgilandi. 

Mazkur seminarda ko’plab oliy taʼlim muassasalari qatorida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazi rahbari Saida Kayumova ham ishtirok etdi.

2024-05-29 03-58

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi