ERASMUS+ dasturi doirasida arizalar qabuli e’lon qilinadi
 

Ispaniya, La Rioja universitetida malaka oshirish uchun xodimlar mobiliti dasturi

Biz Ispaniyadagi University of La Rioja bilan hamkorlikda o‘qituvchilar uchun ERASMUS+ dasturi doirasida ta’lim berish va professional tajriba almashish bo‘yicha tanlov e’lon qilinganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

 O‘rinlar soni: 4 ta

Dastur davomiyligi:
Xodimlar mobiliti: 5–7 kun

 AGAR SIZ QUYIDAGI TALABLARGA TO‘LIQ JAVOB BERSANGIZ, ARIZA TOPSHIRISHINGIZ MUMKIN!

Ishtirok etish talablari:
 Nomzodlar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ispan tili bo‘yicha akademik xodimlari bo‘lishi kerak.

Talab etiladigan hujjatlar:
 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti (ID karta) va xalqaro pasport nusxasi;
 Ispan yoki ingliz tilida tuzilgan tarjimai hol (CV);
 Motivatsion xat (1 sahifadan oshmasligi kerak);

 Motivatsion xatda quyidagilar bo‘lishi lozim:

Nomzod haqida qisqacha ma’lumot;
Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha professional tajribasi;
Dasturda ishtirok etishdan maqsadi;
Dastur yakunida kutilayotgan natijalar.

 Arizalar qabuli muddati:
01.04.2026 dan 15.04.2026 gacha

 Bog‘lanish uchun mas’ul shaxs: Dilafruz Khaydarova – dilafruz099@yahoo.es

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube