ERASMUS+ dasturi doirasida Kordoba Universitetida o‘qish imkoniyati!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispaniyaning Kordoba Universiteti bilan hamkorlikda 2025–2026 o‘quv yilining 2-semestrida ispan tili yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun ERASMUS+ akademik mobillik dasturi tanlovini e’lon qiladi!
Yo‘nalish: Student Mobility – 1 ta o‘rin (Kordoba Universiteti)
Dastur davomiyligi: 5 oy
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetining ispan tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi bo‘lishi;
Ispan tilini yetarli darajada bilishi;
Avval Erasmus+ dasturida ishtirok etmagan bo‘lishi.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
- Pasport nusxasi;
- Rezyume (CV, ispan tilida);
- Ispan tili bo‘yicha kamida B2 darajadagi sertifikat;
- Turli sertifikatlar, mukofotlar, maqolalar (agar mavjud bo‘lsa);
- Motivatsiya xati (ispan tilida, 1 betdan oshmasligi kerak).
Motivatsion xatda nomzod o‘z ma’lumotlarini, tanlagan soha bo‘yicha tajribasini (agar mavjud bo‘lsa), dasturda ishtirok etishdan maqsadini hamda o‘qishni yakunlagach kutilayotgan natijalarini qisqacha bayon etadi.
Arizalar 2025-yil 13-oktabrdan 31-oktabrgacha qabul qilinadi.
Tayyorlangan barcha hujjatlar Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi xalqaro ishlar bo‘yicha mas’ul D.Xaydarovaga topshiriladi.