ERASMUS+ | YEVROPADA AKADEMIK TAJRIBA ORTTIRISH IMKONIYATI!
MURSIYA UNIVERSITETIDA PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN 2 TA O‘RIN!
Hurmatli professor-o‘qituvchilar!
Xalqaro tajriba, yangi akademik muhit va Yevropaning yetakchi universitetlaridan birida kasbiy rivojlanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Ispaniyaning Mursiya universiteti (Universidad de Murcia) Erasmus+ dasturi doirasida ispan tili o‘qituvchilari uchun 2 ta o‘rin ajratdi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
-Ispan tili o‘qituvchisi bo‘lish;
- B2 yoki C1 darajadagi ispan tili sertifikati;
- Motivatsion xat;
- Xorijga chiqish pasporti;
- CV (Curriculum Vitae).
MUHIM!
Hujjatlarni topshirishning so‘nggi muddati: 1-oktabr 2026-yil.
O‘z ustingizda ishlash, xalqaro tajriba orttirish va yangi akademik imkoniyatlar sari qadam tashlang!
Murcia sizni kutmoqda!
Erasmus+ — bilim, tajriba va xalqaro hamkorlik sari yangi imkoniyat!
2 ta o‘rin. 1 ta imkoniyat. Balki aynan siz uchun!
2026-09-16 05-07