Kengash davomida Roman-german filologiya fakulteti “Nemis tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi professori Rahimov Xurram Rahimovich hamda Xalqaro jurnalistika fakulteti “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” kafedrasi professori Dosmukhamedov Xurshid Nabievich muborak 75 yoshlik yubileylari munosabati bilan tabriklanib, universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.

 

 

Shuningdek, xalqaro tanlov g‘oliblari ham taqdirlandi:

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiya fakulteti Fransuz tili ta’lim yo‘nalishi talabasi Azamjonova Sarvinoz Shukhratovna Qozog‘iston Respublikasi, Astana shahrida 2025 yil dekabr oyida “Endless Light in Science” xalqaro tadqiqot markazi jamoat fondi tomonidan o‘tkazilgan “Luchshie v Obrazovanii” xalqaro tanlovida I darajali diplom bilan taqdirlandi.

Ilmiy rahbar:
“Fransuz tili amaliy fanlar” kafedrasi dotsenti Davronova Zulfiya Boboevna

Ushbu taqdirlashlar universitet jamoasining ilmiy va pedagogik salohiyatini namoyon etadi hamda talabalarimizning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini e’tirof etadi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube