![](/backend/web/uploads/news/17157115577565.jpg)
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish va koʻngilochar muhitni tashkil etish maqsadida Wi-Fi internet aloqa tizimi ishga tushirildi. 14-may kuni poytaxtimizda joylashgan Adiblar xiyobonida talabalarining internet aloqa tizimidan foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida universitetga biriktirilgan Aleksandr Faynberg haykali oldida oʻrnatilgan Wi-Fi internet aloqa tizimi bugundan ish boshladi. Endilikda talabalar mazkur hududda ham bepul internet aloqa tizimidan foydalanishlari mumkin.
2024-05-14 11-32