“Fikrlar marafoni” – Davlat dasturi loyihalarini keng jamoatchilik muhokamasi

Xalqaro jurnalistika fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risidagi farmoni loyihasining keng jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi.

Ushbu muhokama doirasida fakultetimiz tomonidan Maxammadiyev Elyor Zoirovich hamda Abdullayeva Matluba Abdullayevna  rahbarligida “Fikrlar marafoni” o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi – Davlat dasturi loyihalarini jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda takomillashtirish va jamiyatning turli qatlamlarining mulohazalarini tinglashdir.

Tadbir davomida quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:
 • Mahallalarni rivojlantirish va yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha islohotlar
 • Jamiyatni ijtimoiy va madaniy jihatdan yuksaltirish loyihalari
 • “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishdagi ustuvor vazifalar
 • Davlat dasturi loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar

“Fikrlar marafoni” – bu nafaqat jamoatchilik fikrini inobatga olish, balki yosh avlodni davlat siyosatida faol ishtirok etishga jalb qilish, mamlakatimizning rivojlanish strategiyasiga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatidir.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube