13-15 may kunlari Germaniya safarida bo’lib turgan DAAD stipendiantlari Germaniyaning Heidelberg pedagogika oliy o’quv yurti va u yerdagi o’qish tizimi, talabalar hayoti bilan yaqindan tanishdilar.

Guruhni professorlar Daniel Sherf va Mari Kias iliq kutib oldi. Uch kun davomida OʻzDJTU talabalari professorlar Florian Hiller, Hanna Sauerborn va Astrid Geigenfeindning seminarlarida ishtirok etishdi.

Darsdan tashqari talabalarimiz Mari Kias va Klara Kunz boshchiligida Heidelbergning qadimiy diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar. Safar yakunida mezbonlarga sovg’alar ulashildi.

2024-05-17 01-03

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi