Germaniyaning SES tashkiloti volontyorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

10-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Germaniyaning SES (Katta yoshli ekspertlar) tashkiloti volontyorlari Astrid Hornoff va Petra Runge bilan muhim uchrashuv tashkil etildi.

 

Unda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X.Yuldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo‘ldoshev, Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Y.Azamov va Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri L.Holiyarov ishtirok etdi.

 

Dastur davomida O‘zDJTU va SES tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan:
 Nemis tilini o‘qitish metodlarini takomillashtirish;
 Nemis tili bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarni yangilashga ko‘maklashish;
 Talabalar uchun Germaniya OTMlarida o‘qish imkoniyatlari haqida ma’lumot berish;
 Germaniya OTMlari bilan aloqalar o‘rnatish masalalari boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

 

Ushbu uchrashuv ikki tomonlama ilmiy va ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube