Joriy yil 16-may kuni 1995-1996 yillari OʻzDJTU da avval faoliyat yuritgan (golland tili ) oʻqituvchisi Josien Valraven universitetga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik ishlari boʻyicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev hamda Filologiya masalalari jurnali bosh muharriri, filologiya fanlar doktori, professor G.Bakiyevalar ishtirok etishdi.
Muloqot chogʻida golland tilini qayta tashkil qilish hamda Golland tili boʻyicha universitetga oʻqituvchilarni jalb etish yuzasidan fikr almashinildi. Uchrashuvdan soʻng universitet faoliyati boʻyicha tanishtirildi.