24-iyun kuni Polshaning Silesiya universiteti boshqaruv kengashi aʼzosi, Erasmus plus dasturi koordinatori professor Sesiliya Tatoj xonim hamda shu universitetning oʻqituvchisi, Erasmus dasturi koordinatori, fan doktori Aniyela Kuxarska xonim Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Universitet xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori A.Nosirov, Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani A.Karimov, Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik taʼminoti kafedrasi mudiri D.Teshabayeva bilan uchrashishdi. Tomonlar oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari, Erasmus dasturi doirasidagi hamkorlik haqida kelishib oldilar.

Shuningdek, polshalik olimalar tomonidan Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik taʼminoti kafedrasi ustozlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

2024-06-26 03-05

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi