O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Italiyaning Salento universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, Salento universiteti tomonidan qishki audiovizual tarjima maktablarida masofaviy ta’lim olish uchun O‘zDJTUning italyan tili yo‘nalishida tahsil olayotgan 15 nafar talabasiga grant ajratildi.

Mazkur kurs 3 oy davom etadi hamda o‘quv jarayoni yakunida ishtirokchilarga sertifikat va ma’lumotnomalar topshiriladi. Ayni paytda Salento universitetida O‘zDJTU italyan tili o‘qituvchilarining yozgi maktablarda bevosita malaka oshirishi uchun grantlar ajratish masalasi muhokama qilinmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube