Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon merosini targʻib qilish maqsadida  “Hayotning har lahzasi goʻzal!” nomli ijodiy ishlar tanlovini e’lon qilamiz! 

 Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasi, Adabiyotshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti  Oʻzbekiston xalq shoiri, Anvar Obidjon ijodiy merosini targʻib qiluvchi videoroliklar, ijodiy sheʼrlar va qisqa hikoyalar tanlovi tashkil etilmoqda.

 Tanlovda ishtirok etuvchilar Anvar Obidjon qalamiga mansub "Hayotning har lahzasi goʻzal!” sheʼri ifodali oʻqilgan va unga  bagʻishlangan qisqa videoroliklar;
 Ishtirokchilar oʻzlarining “Universitetdagi bir kunim”, yoki “Mening universitetim” mavzularida qisqa videoroliklari;
 Ijodiy sheʼrlar bilan ishtirok etishlari mumkin.

 Eng sara videoroliklar va ijodiy ishlanmalar sovrinlar bilan taqdirlanadi.

 Deadline: 08.06.2024

 

2024-06-04 04-42

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi