HISOBOT-SAYLOV YIG‘ILISHIDAN LAVHALAR
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotida hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida hafta davomida tashkil etilgan turli musobaqa va tanlovlarda faol ishtirok etib, 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalar universitet rektori tomonidan munosib taqdirlandilar.

Shuningdek, talaba-yoshlar bilan ishlashda faol ishtirok etib kelayotgan fakultet hamda yo‘nalish koordinatorlariga ishonch yorliqlari topshirildi. Bu esa ularning tashabbuskorligi va yoshlar bilan samarali ishlashiga bildirilgan ishonchning yorqin ifodasi bo‘ldi.
Tadbirning badiiy qismi esa ko‘tarinki ruhda davom etdi. Jonli qo‘shiqlar, raqslar va samimiy chiqishlar yig‘ilish ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.
Mazkur yig‘ilish yoshlarning yutuqlarini e’tirof etish, faol tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi yangi maqsad va rejalarni belgilashga xizmat qildi.

Hisobot-saylov yig‘ilishidan eng yorqin lahzalarni quyidagi lavhalarda tomosha qiling!
Faol yoshlar — yangi tashabbuslar va yangi marralar sari!