Talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorligini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “Huquq maktabi” mobil ilovasi tubdan takomillashtirildi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘i hamda yoshlarga oid islohotlar ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda.
“Huquq maktabi” mobil ilovasining maqsadi
Talaba-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish
O‘z huquqlarini himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish
Qonunchilikdagi yangiliklar bilan tezkor tanishtirish
Huquqiy maslahat olish imkoniyatini yaratish
Huquqiy ta’limni zamonaviy va interaktiv shaklda tashkil etish
Ilovaning imkoniyatlari
53 ta kurs, 179 ta fan, 458 ta dars
“Abituriyentlar”, “Talabalar”, “O‘qituvchilar” va “Keng aholi qatlami” uchun alohida yo‘nalishlar
“Yuridik kutubxona” – amaldagi qonun hujjatlari bazasi
“Yuridik soha” – huquqshunoslik tarixi va rivoji
“Atamalar” – yuridik terminlar lug‘ati (sodda va tushunarli izohlar bilan)
“Huquqiy maslahat” – TDYU Yuridik klinikasi orqali bepul yuridik yordam
“Huquqiy yangiliklar” – qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar
“Podkastlar” – amaliy huquqiy masalalar tahlili
“Viktorinalar”

“Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?”
Ilovani yuklab olish
Rasmiy veb-sayt: https://huquqmaktabi.uz/
Android: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.jasurkholiqulov.huquqmaktabi
iOS: https://apps.apple.com/uz/app/huquq-maktabi-mobile/id6544800269
Telegram kanal: https://t.me/huquq_maktabi
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi
Ilovani yuklab oling va oching.
“Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosing.
Telefon raqamingizni kiriting va tasdiqlash kodini oling.
Shaxsiy ma’lumotlaringizni (F.I.Sh., OTM, yo‘nalish va boshqalar) to‘ldiring.
Parol yarating va tizimga kiring.
Batafsil videoqo‘llanma:
https://www.canva.com/design/DAHAWGlL_VY/Gai7ug5Dd8AmwzQBvfqypA/watch
Hurmatli talabalar!
Sizlarni “Huquq maktabi” mobil ilovasini yuklab olishga va undan faol foydalanishga chorlaymiz. Mazkur platforma sizning huquqiy bilimlaringizni mustahkamlash, o‘z huquqlaringizni bilish va himoya qilishda ishonchli yordamchingiz bo‘ladi.
Huquqiy bilim – bu kuch!