IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQALGAN XABARLAR YUZASIDAN RASMIY MUNOSABAT
2026-yil 3-noyabr kuni Telegram ijtimoiy tarmoğida Özbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalar dars maşğulotlari vaqtida “Xavfsiz talaba” mobil ilovasini örnatişga majburlanayotgani, ilovani örnatmagan talabalar esa darslarga kiritilmayotgani aks etgan videolavha tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan vaziyatga xolisona baho beriş, voqea tafsilotlarini aniqlaş hamda masʼul şaxslarning harakatlariga huquqiy va taşkiliy jihatdan baho beriş maqsadida universitet rahbariyati tomonidan tezkor işçi guruh tuzildi.
Işçi guruh tomonidan holat atrofliça örganildi. Jumladan, voqea sodir bölgan vaqtdagi videokuzatuv kameralari yozuvlari körib çiqildi, tegişli masʼullardan tuşuntirişlar olindi. Örganişlar davomida videolavhada aks etgan holatlar öz tasdiğini topdi.
Aniqlanişiça, universitetda dars maşğulotlari soat 08:00 da boşlanişiga qaramay, Tarjimonlik fakultetida “Xavfsiz talaba” mobil ilovasini örnatmagan ayrim talabalar soat 08:15 ga qadar dars maşğulotlariga kiritilmagan. Ilovani örnatiş jarayonining dars vaqti davomida ham olib borilgani natijasida talabalarning öquv maşğulotlarida öz vaqtida iştirok etişiga tösqinlik yuzaga kelgan.
Işçi guruh xulosasiga köra, mazkur holat fakultet dekani tomonidan öz vaqtida bartaraf etilmagani, talabalarning dars maşğulotlariga öz vaqtida kirişini taʼminlaş çoralarini körmagani uning lavozim vazifalarini bajarişdagi masʼuliyatsizligi sifatida baholangan. Örganiş natijalari va işçi guruh xulosasidan kelib çiqib, Tarjimonlik fakulteti dekani egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Şu munosabat bilan ijtimoiy tarmoqlarda dekan lavozimidan ozod etilişi yuzasidan bildirilayotgan eʼtirozlarga aniqlik kiritmoqçimiz: masala faqat bitta fakultet doirasida sodir bölgan hodisa uçun javobgarlik yuklaşda emas, balki fakultet rahbarining öziga biriktirilgan taʼlim jarayonida talabalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş böyiça bevosita masʼuliyatini bajarmaganidadir.
Universitet rahbariyati talabalarning taʼlim oliş huquqini çeklaydigan, dars maşğulotlariga tösqinlik qiladigan va taʼlim jarayonining uzluksizligini buzadigan har qanday xatti-harakatni mutlaqo nomaqbul deb hisoblaydi va bunday holatlarga nisbatan qatʼiy pozitsiyada turadi. Heç qanday taşkiliy yoki texnik masala talabaning dars maşğulotlaridan çetda qolişiga sabab bölişi mumkin emas. Bunday holatlarga yöl qöygan masʼul şaxslarga nisbatan tegişli çoralar köriladi. Kelgusida şunday holatlarning takrorlanişiga mutlaqo yöl qöyilmaydi.
Alohida taʼkidlaş lozimki, “Xavfsiz talaba” mobil ilovasini joriy etişdan asosiy maqsad talabalar xavfsizligini taʼminlaşdir. Biroq uşbu maqsadga erişiş jarayonida talabalarning taʼlim oliş huquqi va öquv maşğulotlarida iştirok etişiga heç qanday tösqinlik qilinmasligi şart. Ilovani örnatiş bilan boğliq taşkiliy işlar dars maşğulotlariga xalaqit bermaydigan vaqtda amalga oşirilişi lozim.
Şuningdek, talabalar taʼlim jarayoni, öquv maşğulotlariga qatnaşiş yoki öz huquq va manfaatlari bilan boğliq masalalarda universitet maʼmuriyati va rahbariyatiga bevosita murojaat qilişlari mumkin. Har bir murojaat belgilangan tartibda örganilib, tegişli çoralar köriladi.
Universitet rahbariyati uçun talabalarning xavfsizligi, sifatli taʼlim olişi va qonuniy huquqlarining taʼminlanişi ustuvor vazifadir. Bu borada rahbar va masʼul xodimlardan yuqori darajadagi masʼuliyat, talabçanlik va ijro intizomi talab etiladi. Talabalarning huquq va manfaatlariga daxldor masalalarda loqaydlik va masʼuliyatsizlikka yöl qöyilmaydi.
2026-11-23 07-27