O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Inglizni tili o’qitish metodikasi 3-kafedrasi tomonidan “Topical issues of language training in globalized world” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi. 

Tadbir avvalida Ingliz tili 3-fakulteti dekani T.S.Ismailov va Ingliz tilini o‘qitish metodikasi 3-kafedrasi mudiri Z.T.Tuxtaxodjayeva “Topical issues of language training in globalized word” mavzusida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning ahamiyatiga to‘xtalib, yosh olimlarga muvaffaqiyat tiladi.

Natijalarilarga ko‘ra, 3 ta eng yaxshi taqdimotni namoyish etgan Urazmetova Aygerim Turekulovna (XTA3-2002), Qabulova Iroda Mansurovna (XTA3-2002), Xayitova Kamilla Andreyevna (XTA3-2032) 2024-yil 22-may kuni bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada o‘z nutqlari bilan ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

2024-05-21 04-04

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi