22-may sanasida Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili Integrallashgan kursi 3 va Ingliz tili nazariy aspektlari 3- kafedralari tomonidan “Ko‘p tillilik muhitida xorijiy tillarni rivojlantirishning innovatsion va integrativ muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Ushbu anjuman O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, AQSH elchixonasining Markaziy Osiyo Ingliz tili hududiy ofisi, AQSHning Indiana Univeristeti, Arizona Univeristeti, Indoneziyaning Muhammadiya Makkassar Universiteti, Serbiyaning Zamonaviy ta'lim instituti bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Ilmiy-amaliy konferensiyada falsafa doktori (PhD)russhunoslik va ikkinchi tilni oʻzlashtirish kafedrasi dotsenti, Arizona universitetining Rossiya va Yevrosiyo tadqiqotlari maktabi direktori Klimanova Luidmila, Singapurdagi aktsiyador biznes markazi direktori turizm bo'yicha mutaxassis Rudy Fang va bir qator mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

2024-05-23 02-03

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi