2024-yil 24-may kuni OʻZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI, O‘ZBEKISTON EKOLOGIK PARTIYASI, DANG‘ARA DAVLAT UNIVERSITETI, FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI hamda “SCIENCE AND INNOVATION” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLAR, CHO‘LLANISH VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi! Ushbu nufuzli konferensiyada global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini ko'rib chiqish, ularga yechim topish va dunyoning har bir qismidagi fuqarolar, tashqi va ichki tadbirkorlar, davlatlar, akademik jamoalar va soha mutaxassislari orasida ta'sirchan hamkorlik va ko'maklashish imkoniyatlarini o'rnatish, o'zaro ko'rsatkichlar va tajribalar almashish, yangi yechimlarni qidirish, ehtiyotkorlikni kuchaytirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, va global ekologik muammolarga qarshi amaliyotlarni rag'batlantirish va shu kabi mavzu yuzasidan muammolarni oʻrganish, ularga yechimlar taklif qilish hamda ilmiy va amaliy ishlar olib borish masalalari ko’rib chiqildi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida o‘tkazilgan Konferensiyada nafaqat yurtimizdan, balki qo’shni mamlakatlardan ham ko‘plab olimlar, yurtimizning turli sohadagi 100 dan ortiq professor-o’qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, talabalar hamda partiya vakillari ishtirok etdi. 

2024-05-24 12-44

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi