2026-yil 16-yanvar kuni universitetimizda “AHƏNG QANUNU — SINGARMONIZM (Сингармонизм)” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar Ikkinchi chet tili kafedrasi dotsenti, ozarbayjon tili ustozi Musayeva Sevinj xonim tomonidan yuqori ilmiy saviyada olib borildi. Tadbir davomida singarmonizm hodisasining nazariy asoslari, uning turkiy tillar tizimidagi o‘rni, shuningdek fonetik va morfologik jarayonlarga ko‘rsatadigan ta’siri aniq misollar orqali batafsil yoritib berildi.
Seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Sevinj xonimning ilmiy asoslangan, aniq va tushunarli javoblari muhokamalarni yanada jonlantirib, mavzuni chuqurroq anglash imkonini berdi.
Ilmiy seminar jonli muloqot, savol-javoblar va fikr almashuvlarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar singarmonizm qonunining chet tillarni o‘qitish jarayonidagi ahamiyati hamda uni amaliy mashg‘ulotlarda samarali qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha muhim xulosalarga ega bo‘ldilar.