ILMIY TADQIQOT NATIJALARI AMALIYOTGA JORIY ETILDI

ILMIY TADQIQOT NATIJALARI AMALIYOTGA JORIY ETILDI

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti mustaqil izlanuvçisi Salimova Marjona Turğunjon qizining 13.00.02 – “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar böyiça)” ixtisosligi böyiça “Harbiy kursantlarning sunʼiy intellekt asosida tarjima kompetensiyasini rivojlantiriş metodikasini takomillaştiriş” mavzusidagi pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun tayyorlagan dissertatsiyasi natijalari Özbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida amaliyotga joriy etildi.

Dissertatsiya doirasida işlab çiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar, pedagogik model, innovatsion öqitiş metodikasi va diagnostik vositalardan universitetda xorijiy tillarni öqitiş, kasbiy yönaltirilgan tarjima maşğulotlarini taşkil etiş hamda kursantlarning mustaqil taʼlim faoliyatini takomillaştiriş jarayonlarida foydalanildi.

Şuningdek, takomillaştirilgan pedagogik model asosida harbiy kursantlarning kasbiy tarjima faoliyatini bosqiçma-bosqiç taşkil etiş, öquv materiallarini murakkablik darajasiga köra tizimlaştiriş, individual va jamoaviy tarjima faoliyatini uyğunlaştiriş, pedagogik qayta aloqa mexanizmlarini rivojlantiriş hamda mustaqil taʼlim jarayonini samarali loyihalaştiriş imkoniyatlari kengaytirildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube