O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar uchun 2026-yil 18-fevral kuni o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar “Raqamli diskurs sharoitida til me’yorlarining transformatsiyasi: kognitiv va pragmatik tahlil” mavzusiga bag‘ishlanib, S.A. Xamzayev tomonidan tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot shaklida olib borildi. Unda raqamli kommunikatsiya muhiti, til me’yorlarining zamonaviy o‘zgarish tendensiyalari, kognitiv yondashuv hamda pragmatik tahlil masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida ilmiy izlanishlarda raqamli diskursni tahlil qilishning dolzarbligi alohida ta’kidlanib, tadqiqotchilarga metodologik tavsiyalar berildi.