OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet vakillarining Germaniya davlatida xizmat safari davom etmoqda. 21-may kunidagi galdagi manzil dunyo universitetlari reytingida 320-oʻrinda turuvchi, Boxumdagi nufuzli Rur universiteti boʻldi.

Tashrif doirasida ikki universitet vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitet vakillari hamda Rur universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori prof Fraytag xonim, Germanistika boʻlimi boshligi prof. Karen Pittner janoblari ishtirok etdi

Uchrashuv avvalida, odatga koʻra ikki universitet haqida maʼlumotlar berildi. Hamda universitet faoliyatiga oid videolavha namoyish etildi. 

Ikki universitet haqidagi maʼlumotlardan soʻng, ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar bildirildi. Muzokaralar natijasida ikki universitet oʻrtasida Memorandum imzolandi.

Memorandum har ikki universitet professor-oʻqituvchilari va talabalar manfaatli uchun xizmat qilishi shubhasiz.

2024-05-23 01-56

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi