Ingliz filologiyasi fakultetida “Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Ingliz filologiyasi fakultetida  “Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida 4-bosqich kunduzgi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari uchun “Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilda fakultetni 540 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Shundan 21 nafari imtiyozli diplom bilan bitirib, o‘qish davomida erishgan yuqori natijalari bilan alohida e’tirof etildi.

 



Bayram tadbirida O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov hamda Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Y. Azamov ishtirok etib, bitiruvchilarni samimiy qutladilar. O‘z tabrik so‘zlarida ular bitiruvchilarga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, egallagan bilim va ko‘nikmalarini yurt ravnaqi yo‘lida samarali qo‘llashlariga ishonch bildirdilar.

Tadbir davomida o‘qish, ilmiy, ijodiy, sport va jamoat ishlarida faol bo‘lgan 130 nafardan ortiq talaba turli nominatsiyalar bo‘yicha diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram tadbiri bitiruvchilarga unutilmas taassurotlar ulashib, ularning talabalik hayotiga munosib yakun yasadi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube