INGLIZ FILOLOGIYASI FAKULTETIDA YANGI AUDITORIYALAR TAŞKIL ETIŞ IŞLARI DAVOM ETMOQDA
Özbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalar uçun qulay taʼlim şaroitlarini yaratiş va öquv auditoriyalari sonini köpaytiriş maqsadida işlar izçil davom ettirilmoqda. Xususan, Ingliz filologiyasi fakultetining foydalanilmayotgan podval qismida yangi auditoriyalar taşkil etiş işlari olib borilmoqda.
Bugun universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov rahbariyat vakillari va masʼul xodimlar bilan birgalikda mazkur hududda amalga oşirilayotgan işlar holatini közdan keçirdi. Jarayon davomida bajarilayotgan işlar, auditoriyalarni jihozlaş, taʼlim uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş hamda mavjud maydondan samarali foydalaniş masalalari yuzasidan masʼullar bilan suhbatlaşildi.
Rektor işlarni sifatli taşkil etiş, auditoriyalarni zamonaviy talablar asosida tayyorlaş va belgilangan vazifalarni öz vaqtida bajariş yuzasidan masʼullarga tegişli topşiriqlar berdi.
2026-10-26 10-39