Ingliz tili 2-fakulteti talabalari — Otamirzayeva Shahlo va Hoshimova Dilso‘z tomonidan 84-sonli umumta’lim maktabida ingliz tili fanidan to‘garak mashg‘ulotlari izchil davom ettirilmoqda

Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning ingliz tilida og‘zaki nutqini rivojlantirish, so‘z boyligini kengaytirish hamda til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga qaratilgan interfaol usullar qo‘llanildi. Turli muloqotli mashqlar, kichik guruhlar bilan ishlash va rolli topshiriqlar orqali o‘quvchilar darsda faol ishtirok etdi.

 

 

Mazkur to‘garak mashg‘ulotlari o‘quvchilarning xorijiy tilni amaliy o‘zlashtirishiga turtki berib, ularning kelgusida oliy ta’limda til yo‘nalishlarini tanlashiga ham ijobiy motivatsiya bermoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube