4-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi O‘zbekistondagi milliy ofisi tashabbusi bilan “Inklyuziv xalqaro­lashtirish: oliy ta’lim dasturlarida imkoniyat va tenglikni kengaytirish” mavzusida Texnik yordam missiyasi seminari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov hamda Tarjimonlik fakulteti va Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri L. Xoliyarov ishtirok etdi.

Seminarda, shuningdek, xorijlik xalqaro ta’lim ekspertlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ham faol qatnashdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube