Ispaniyada ta’lim imkoniyatlari

 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari, Maftuna Farmonkulova, Kamron Erkinov Erasmus+ KA171 dasturi doirasida va Adxam Abduxakimov Xayen Universiteti va O’zDJTU o’rtasida imzolangan memorandum asosida xorijda o‘qishini davom ettirmoqda.

Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi va Ispaniyaning Xayen universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ KA171 dasturi doirasida e’lon qilingan tanlovda g‘olib bo‘lgan 3-bosqich talabasi Kamron Erkinov joriy yilning 17-yanvarida Ispaniyaning Xayen universitetiga bir semestr davomida o‘qish uchun jo‘nab ketdi.

Hozirda ular nufuzli xorijiy universitetda o‘qishini davom ettirib, o‘z bilim va malakalarini oshirmoqdalar.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube