Ispaniyaning Barselona universiteti bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi

13-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari — Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov hamda Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri D.Baxronova tomonidan Barselona universitetining Facultat de Filologia i Comunicació (Filologiya va kommunikatsiya fakulteti) rahbariyati bilan samarali onlayn uchrashuv o‘tkazildi. 

 

 

Suhbat davomida quyidagi masalalarda kelishuvlarga erishildi:
 talaba va o‘qituvchi mobilligi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
 qo‘shma ilmiy loyihalar va konferensiyalar tashkil etish;
 madaniy va ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash. 

Buning barchasi BMTning maqsadli ko’rsatkichlarida aks etgan “Ta’lim sifati” va “Barqaror rivojlanish yo’lida hamkorlik” ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 

Ma’lumot uchun: Barselona universiteti (Universitat de Barcelona) – Yevropaning eng qadimiy va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri. 1450-yilda asos solingan Barselona universiteti bugungi kunda ilm-fan va ta’lim sohasida dunyoning yetakchi markazlaridan biri sifatida tan olingan. Facultat de Filologia i Comunicació – filologiya, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik, jurnalistika va kommunikatsiya yo‘nalishlaridagi yetakchi ilmiy markazdir. Bu yerda ingliz, ispan, katalan, fransuz, nemis, italyan, portugal, arab va boshqa tillar chuqur o‘rgatiladi.

 

 

Bugungi kunda universitetda 63 mingdan ortiq talaba ta’lim olmoqda. Mazkur oliygoh xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallaydi:
QS World University Rankings 2024 – 160-o‘rin;

 THE (Times Higher Education) 2024 – 149-o‘rin.

Umid qilamizki, Barselona universiteti va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasidagi hamkorlik ikki tomon uchun koʻp yillar davomida manfaatli kelishuv boʻlib xizmat qiladi. 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube