“Italiya–O‘zbekiston rektorlari II Forumi” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi vakillari Roma Tre University Tillar markaziga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida akademik mobillik dasturini yo‘lga qo‘yish hamda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, universitet qoshidagi “Certit” — italyan tilini bilish darajasini aniqlovchi xalqaro sertifikat tizimi haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.
Muloqot yakunida tomonlar 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab talabalar almashinuvi dasturini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdi.