1-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda tayanch doktorant Murodova Dilnavoz Nizomovnaning 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Fenimor Kuper romanlarida hindular obrazi poetikasi” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama etildi.

 Muhokamada ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O. Yusupov, kafedraga biriktirilgan tadqiqotchilar va professor-oʻqituvchilar qatnashdi.

Kafedra muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, savollarga asosli javob berdi. Rasmiy va norasmiy taqrizchilar tadqiqotchiga oʻz tavsiyalarini berishdi.

2024-06-03 01-51

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi