Jahon adabiyoti kafedrasida doktorantlar faoliyati monitoringi
2025-yil 17-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasida kafedraga biriktirilgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning 2025-yilning birinchi yarmida olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.
Monitoring davomida kafedra mudiri, f.f.d., professor G.I. Xalliyeva har bir doktorant bilan individual suhbat o‘tkazib, ularning ilmiy faoliyati, erishilgan natijalar va rejalashtirilgan vazifalar holatini tahlil qildi. Yuzaga kelgan muammolar muhokama qilinib, zarur ilmiy-uslubiy tavsiyalar berildi.
Jarayonda kafedraning doktorantlar bilan ishlashga mas’ul professori F.D. Sapaeva ham ishtirok etib, yarim yillik hisobotlarni qabul qildi va tegishli metodik ko‘rsatmalar berdi.
Yakunda ishtirokchilarga ilmiy izlanishlarni tizimli tashkil etish, metodologik yondashuvlarga e’tibor qaratish va dissertatsiya sifatini oshirishga oid muhim tavsiyalar berildi.