25-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 9-son yig’ilishi bo’lib o’tdi. Dastur avvalida Kengash raisi, rektor Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan O’zbekiston Respubliksi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezident Farmonlari, Qaror, Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari va buyruqlari, universitet tomonidan bajariladigan vazifalar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati to’g’risida nutq so’zladi. So’ngra Kengashda ishtirok etayotgan boshqa mas’ul vakillar tomonidan oliygohda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy targ’ibot ishlari, fakultetlardagi ta’lim sifati, O’zDJTU Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring faoliyati, kafedralarda olib borilayotgan o’quv, ilmiy-uslubiy ishlat to’g’risida hisobot berildi. An’anaga muvofiq, Kengash yakunida ilmiy daraja va unvon olgan O’zDJTU o’qituvchilari maxsus sovg’a — noutbuk bilan taqdirlandi.
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube