10-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 2-son yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kengashda universitetda amalga oshirilgan ishlar, oldindagi rejalar, shuningdek, belgilangan boshqa masalalar muhokama qilindi, manfaatli fikr almashildi.

Xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 15-iyuldagi 247-son “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 10-sentyabrdagi 363-son “Universitetda Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasining universitet bosqichini o‘tkazish to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 19-sentyabrdagi 373-son “Universitetda Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasining Respublika bosqichini tashkil etish to‘g‘risida”gi  buyruqlariga asosan,
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-yil 26-27 sentyabr kunlari Xorijiy tillar fan olimpiadasining Respublika bosqichi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. 

Kengash davomida olimpiadaning Respublika bosqichini o‘tkazishda tashkiliy va ma’naviy bandlarni bajarishda, har bir shart bo‘yicha savollar bankini hamda baholash mezonlarini shakllantirishda, olimpiada jarayonini zarur jihozlar va texnik vositalar bilan ta’minlash hamda jarayonlarni ommaviy axvorot vositalarida keng yoritishda faol ishtirok etgan mas’ullar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube