Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 15-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Muhokamada 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha izlanuvchi Ibodullayeva Zilola Jamshid qizi tomonidan tayyorlangan “Keyt Shopen romanlarining janriy xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tadbir davomida dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati, qo‘llanilgan ilmiy-metodik yondashuvlar hamda erishilgan natijalar yuzasidan keng muhokamalar olib borildi. Soha mutaxassislari va professor-o‘qituvchilar tomonidan ilmiy tavsiyalar hamda takliflar bildirildi.

Muhokama yakunida dissertatsiya ishi belgilangan talablarga muvofiq ekani e’tirof etilib, tegishli xulosa qabul qilindi hamda keyingi ilmiy bosqichga tavsiya etildi.

Mazkur ilmiy muhokama universitetda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy salohiyatni yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube