“Kitobxonlar bellashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

2026-yil 19-yanvar kuni Chilonzor tumani MMTB tasarrufidagi Toshkent shahar 280-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaa jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tadbir tashkil etildi.

 

 

Tadbir O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidov Ravshan hamda o‘qituvchilar Usmanova Dilnoza, Iskandarova Dilfuza, Ziyadullayeva Aziza tomonidan tashkil etildi va yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tadbir doirasida o‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, badiiy matnni tushunish, tahlil qilish, asosiy g‘oyani aniqlash hamda o‘z fikrlarini erkin ifoda eta olish kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

 

Mazkur tadbir o‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube