17-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Indoneziyaning mashhur “Rumah angklung” guruhi ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi. 

Tadbirda O’zDJTU Xalqaro hamkorlik masalalari bo’yicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i X.Yuldashev, bir qator mas’ullar, tyutorlar va talabalar qatnashdi.

Dastur davomida tadbir ishtirokchilariga Indoneziya xalqi madaniyati, san’ati haqida ma’lumot berildi, mutaxassislar tomonidan Indoneziyaning milliy musiqa asboblarida kuy ijro etish mashqlari bajarildi.

Tadbir juda qiziqarli va sermazmun o'tdi.

 

2024-05-20 03-15

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi