Ko‘p qavatli uylarda ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Ko‘p qavatli uylarda ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Uchtepa tumani “Guzar” MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarda olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bir guruh mas’ullar ishtirokida o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning umumiy holati, kirish yo‘laklari, tutash hududlar hamda aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining sifati va belgilangan vazifalarning bajarilish holatiga e’tibor qaratildi.

 

 

Jarayon davomida hududdagi mavjud muammolar ham o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar bilan tegishli choralar muhokama qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini sifatli amalga oshirish hamda ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube