7-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Lotin tili va tibbiyot terminologiyasi” fani bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni kasbiy qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kasbiy qayta tayyorlov kursi O‘zDJTU ko‘magida tashkil etilib, amaliyotga tatbiq etildi. Kursga jami 43 nafar tinglovchi qabul qilingan bo‘lib, yakunda 35 nafar tinglovchi kursni muvaffaqiyatli tamomlab, diplomga ega bo‘ldi.

Qayd etish joizki, kursda Respublikaning barcha hududlaridan kelgan tinglovchilar tahsil oldi. Diplomlarni tantanali ravishda universitet rektori Tuxtasinov Ilhomjon Madaminovich topshirib, bitiruvchilarga kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, u tinglovchilarning o‘z bilim va tajribalari bilan mamlakatimizda tibbiy ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shishlariga ishonch bildirdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube