O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan mahorat darsi tashkil etildi. 

2024 –yilning 28-oktyabr sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi  va pedagogika fanlari doktori, professor Isakulova Nilufar Janikulovna tomonidan doktorantlar va barcha mustaqil izlanuvchilar uchun “Tadqiqotlarni o‘tkazish jarayonida axborot tizimlaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari”  mavzusida master klass tashkil etildi.

 

 

 

Mazkur master klass so‘rovnomaga asoslangan holda tashkil etildi. Unda 71 nafar izlanuvchilarning onlayn so‘rovnomadagi ishtiroki bо‘yicha “Inlibrary”, “Scienceweb”, “Slibuz”, “Unilibrary”, “Litmaps”, “Mybib”, “Sci-hub” kabi  axborot tizimlaridan foydalanish usullarini amaliyot bilan bog‘lagan holda tushuntirildi. Master klass ko‘tarinki kayfiyatda va baxs-munozarali savol-javoblar asosida o‘tkazildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube