“MARKAZIY OSIYO: YAGONA TARIX VA UMUMIY KELAJAK” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN ÖTKAZILDI

“MARKAZIY OSIYO: YAGONA TARIX VA UMUMIY KELAJAK” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN ÖTKAZILDI

13-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalqaro jurnalistika fakulteti Siyosiy fanlar kafedrasi taşabbusi bilan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.

Anjumanda turli mamlakatlardan olimlar, professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar, siyosatşunoslar va soha ekspertlari iştirok etib, Markaziy Osiyoning tarixiy ildizlari, bugungi geosiyosiy jarayonlardagi örni, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari hamda umumiy taraqqiyot masalalarini muhokama qildilar.

 

 


Tadbirni Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori vazifasini vaqtinça bajaruvçi Muhammadjon Çutpulatov kiriş sözi bilan oçib berdi. Şuningdek, universitet Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Otabek Yakuboviç Yusupov, ISFT instituti rektor maslahatçisi Narzulla Qosimoviç Jörayev hamda Siyosiy fanlar kafedrasi mudiri Sanjar Şavkatoviç Saidov sözga çiqib, anjuman mavzusining ilmiy va amaliy ahamiyati haqida fikr bildirdilar.

Xalqaro ilmiy muloqot davomida Markaziy Osiyoda siyosiy muloqot, özaro işonç, parlamentlararo aloqalar, tarixiy meros, xalq diplomatiyasi, xalqaro transport yölaklari, raqamli iqtisodiyot va kiberxavfsizlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 



Anjuman turli mamlakatlar vakillari örtasida ilmiy fikr almaşiş, mintaqaviy muammolarga yeçim izlaş va istiqboldagi hamkorlik yönalişlarini muhokama qiliş uçun muhim ilmiy platformaga aylandi.
 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube