“Men donorman” xayriya aksiyasi: O‘zDJTU jamoasi ezgu tashabbusda ishtirok etdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Men donorman” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ezgu tashabbus doirasida universitet rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar faol ishtirok etib, donorlik orqali jamiyatga foyda keltirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Aksiya davomida Qon quyish markazi shifokorlari ishtirokchilarga qon topshirish jarayoni, unga qo‘yiladigan talablar hamda donorlikning inson salomatligiga foydalari haqida tushuntirish berishdi.
Ko‘ngilli donorlar oldindan ro‘yxatga olinib, barcha gigiyenik talablar asosida qon topshirdilar.