6-may kuni “Milliy maqom va nazm-nasr kechalari” doirasida Adiblar xiyobonida tadbir tashkil etildi.

“Zahiriddin Muhammad Bobur” nomi ostida bo’lib o’tgan dasturda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev, oliygoh tyurotlari va talabalar ishtirok etdi. 

Tadbir davomida buyuk shoh va shoir — Bobur ijodiga mansub she’rlar, g’azallar o’qildi, kuy-qo’shiqlar aytildi, sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

2024-05-10 04-37

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi