Ochiq dars: “How to Write a Line Graph”
Xalqaro jurnalistika fakulteti, Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Mirjalilova Madina Jamshid qizi hamda 2-kurs xorijiy til yo‘nalishi magistratura talabasi Yusupova Maxbuba Bardi qizi tomonidan Toshkent shahri Uchtepa tumani 203-umumta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchilari uchun B2 darajada “How to Write a Line Graph” mavzusida 80 daqiqalik ochiq dars o‘tkazildi.
Dars davomida o‘quvchilarga chiziqli grafik (line graph)ni to‘g‘ri tahlil qilish, asosiy tendensiyalarni aniqlash va ularni ingliz tilida yozma ravishda ifodalash usullari tushuntirildi. Shuningdek, grafikni tavsiflashda qo‘llaniladigan muhim iboralar, bog‘lovchi so‘zlar hamda grammatik konstruksiyalar ustida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
Tadbir jarayonida o‘quvchilarning faolligi yuqori bo‘lib, ular berilgan topshiriqlarni qiziqish bilan bajardilar hamda mavzu yuzasidan o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.